Ana xolos! Rossiyalik bokschilar Tokio Olimpiadasida ishtirok etishmaydimi?

  • 9 dekabr, 2019, 19:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiya boks federatsiyasining bosh kotibi Umar Kremlyov Jahon antidoping agentligining (WADA) Rossiyani to‘rt yillik xalqaro musobaqalardan chetlatish to‘g‘risidagi qaroriga izoh berdi.

Tecno

“Bu juda ayanchli yangilik. Bunga batafsil izoh berish juda qiyin. Shunchaki bu ahmoqona qaror, deb ayta olaman. Endi keyingi qadamlar haqida o‘ylashimiz kerak.

Butun mamlakatning bunga qanday aloqasi bor? Jazoni aybdorlarga qo‘llash kerak. Bir tomondan, siz Olimpiada o‘yinlariga borishingiz kerak, ammo men jamoa bilan gaplashganimda bokschilarimiz bayroq va madhiyasiz ushbu turnirga borishni xohlamasliklarini aytishdi”-dedi Kremlyov.

Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi WADA sanktsiyalari professional boksga ta’sir qilmaydi, deb ta’kidladi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!