Ana xolos! Rossiya hatto FIFAga a’zo bo‘lmagan mamlakat jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazishga tayyor

  • 8 oktabr, 2024, 14:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbol ittifoqi mamlakat bosh jamoasining bo‘lajak yig‘inlarini tashkil etish ustida ishlamoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Zanzibar terma jamoasi Rossiya bilan o‘ynashga tayyor. Qayd etish lozimki, Zanzibar futbol federatsiyasi hatto FIFAga ham a’zo emas.

Rossiya terma jamoasining oktyabr oyidagi yig‘ini kecha boshlandi. Aftidan, Rossiya futbol ittifoqi raqib topa olmagani uchun terma jamoa yig‘in doirasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Valeriy Karpin boshqaruvidagi Rossiya terma jamoasi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini sentyabr oyida Vetnamga qarshi o‘tkazib, 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
jan reno
08/10/2024 22:40
Баттар булсин)