Ana xolos. “Real” Ronalduga xaridor!

  • 11 mart, 2021, 19:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus”dan ketishi keng muhokama qilinayotgan Krishtianu Ronalduga xaridor bo‘lgan jamoalar qatoriga “Real” ham qo‘shildi.

Tecno

Evropa ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, “Qirollik klubi” o‘zining sobiq to‘purarini jamoaga qaytarish haqida o‘ylamoqda.

Ronaldu 2009-2018 yillar davomida ushbu jamoa sharafini munosib himoya qilgan va ko‘plab sovrinlarga ega bo‘lgan. Portugaliyalik hujumchi 117 million evro evaziga “Yuventus”ga o‘tib ketganidan buyon madridliklar uning o‘rnini bosadigan futbolchi topa olmayapti.

Katta umidlar bilan olib kelingan Eden Azar esa, jarohatlar tufayli bor mahoratini ham yo‘qotib qo‘ymoqda.

Shuningdek, Krishtianu Ronalduga Devid Bekxem boshqaruvidagi “Inter Mayami” jamoasi ham da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
12/03/2021 14:04
Роналду риеалга утса зур буларди Месси жоеида колса албатта