
Ana xolos! Oston O‘runov "Navbahor" bilan xayrlashdi
Ayni damda Osiyo chempionlar ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Mumbay Siti" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tmoqda.
Shu pallada Oston O‘runov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Tugadi! Hammasi uchun rahmat "Navbahor", - deya "lochinlar" bilan xayrlashdi. Bir oylar oldin Oston instagramdagi sahifasiga Rossiyaning "Match TV" telekanali yozgan postni istoriyasiga joylab, tez orada qaytaman, deya qisqacha izoh qoldirgan edi.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli vinger joriy mavsum O‘zbekiston Superligasida 25ta o‘yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va sheriklariga 2 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar