
Ana xolos! Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi 6 yilga qamaldi
Moskvaning "Spartak" klubi hujumkor yarim himoyachisi Kvinsi Promes 1370 kg kokain kontrabandasida aybdor deb topildi. Niderlandiya sudi uni sirtdan olti yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
2020 yilda Promes Antverpen porti orqali kokainning ikkita partiyasini tashishni tashkillashtirgan. Ushbu yuklar o‘g‘irlangan va narkobaron Pit Vortelga tegishli bo‘lishi mumkin. Ushbu tovarlarning o‘g‘irlanishi tufayli ikkita qotillik sodir bo‘lgan (32 yoshli sobiq futbolchi Kelvin Maynard va 23 yoshli Gensiel Feller).
O‘tkazilgan tergov jarayonlarida futbolchi giyohvand moddalarni kontrabanda yo‘llari orqali olib o‘tishga ko‘maklashgan jinoyatchilarga 200 ming evro bergani aniqlangan. Promesning advokatlari futbolchi tez orada apellyatsiya berishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kvinsi Promes faoliyati davomida "Spartak"dan tashqari "Sevilya" va "Ayaks" kabi klublarda to‘p surgan. 2014-2021 yillarda esa Niderlandiya terma jamoasi safida jami 50 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. U joriy mavsum "Spartak" tarkibida RPLda jami 17 ta o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga 6 ta gol urgan.
Fikrlar