
Ana xolos! Neymar terma jamoadan ketishi mumkin
Braziliya terma jamoasi jahon chempionatining asosiy favoriti hisoblanardi, biroq ular xorvatlarga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.
“Bu voqea jamoa etakchisi hisoblangan Neymarni larzaga soldi. 2014 yilda ham xuddi shunday qattiq zarbani boshdan kechirgan Neymar hanuz umidsizlikka dosh bera olmayapti”, - deb yozmoqda L'Equipe.
Manbaga ko‘ra, Neymar bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng Braziliya terma jamoasini ma’lum muddatga tark etishi mumkin.
"Endi nimadir haqida gapirishga erta, lekin men 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishimga kafolat bera olmayman", - dedi Neymar.
Neymar terma jamoani butunlay tark etishi qiyin, ammo frantsuz jurnalistlari Neymarning terma jamoadan bir necha oy “pauza” qilishiga ishonmoqda.
Fikrlar