
Ana xolos! MYu bir sutkada 4 ta transferni amalga oshirdi
"Manchester Yunayted" o‘zining rasmiy saytida Urugvayning “Penyarol” klubi o‘ng qanot yarim himoyachisi Fakundo Pelistrini sotib olganini ma’lum qildi.
“Qizil iblislar” 18 yoshli futbolchining transferi uchun 8,5 mln evro to‘lagan va u bilan “5+1” ko‘rinishida shartnoma imzolagan.
Pelistri “Penyarol” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 37 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
E’tiborlisi, bu MYu yozgi transferlarning so‘nggi kunida amalga oshirgan 4-transfer bo‘ldi.
Fikrlar