
Ana xolos! MYu, "Arsenal", "Chelsi" va "Liverpul" "Manchester Siti"ning EChLda ishtirok etishiga qarshi chiqmoqda
Angliya premer-ligasining 8 ta klubi "Manchester Siti"ni keyingi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etishiga ruhsat bermaslikni so‘rab Xalqaro sport arbitraj sudiga (CAS) maxsus murojaat yo‘llashmoqchi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Man Siti"ning EChLda ishtirok etishiga qarshi jamoalar ro‘yxatida "Sheffild Yunayted", "Liverpul", "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Arsenal", "Lester Siti", "Vulverxempton", "Tottenxem" va "Byornli" klublari bor.
Eslatib o‘tamiz, UEFA "Manchester Siti"ni moliyaviy feyr-pleyga amal qilmagani uchun 2 mavsumga evrokuboklardan chetlatgan edi. Biroq, "shaharliklar" bu qaror bo‘yicha Xalqaro sport arbitraj sudiga apellyatsiya berishmoqchi.
Fikrlar