Ana xolos! Messi "Al-Hilol" bilan shartnoma imzolamasa, katta jarima to‘laydi

  • 6 iyun, 2023, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik hujumchi Lionel Messining otasi va agenti hisoblangan Xorxe kecha "Barselona" prezidenti Joan Laporta bilan uchrashdi.

Tecno

Uchrashuvda u o‘g‘lining Kataloniya klubiga qaytishni xohlayotganini aytdi. Biroq jurnalist Rudi Galetti esa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Messi yaqin uch kun ichida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi bilan shartnoma imzolanishi kutilayotgani haqida xabar berdi. Qayd etilishicha, yulduz futbolchining otasi va agenti allaqachon yiliga 500 million dollar maosh oladigan shartnomaning barcha shartlarini kelishib olishgan. Uni yakunlash uchun esa Leoning imzosi etishmayapti xolos.

Kelishilgan tafsilotlar hujjatlashtirilgan. Unga ko‘ra, agar Messi fikridan qaytsa va “Al-Hilol” bilan shartnoma imzolamasa, 3 million dollar jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Messining PSJ bilan shartnomasi shu oy o‘zi yakuniga etadi va u yangi klubiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!