
Ana xolos: Liberiyalik ayol “Barsa” yulduzining onasi ekanini da’vo qilmoqda
“Barselona” futbolchisi Frank Kessi g‘alati ahvolga tushib qoldi. Liberiyalik Nensi ismli ayol futbolchining onasi ekanini da’vo qilmoqda.
Gist Station nashrining yozishicha, bu ayol ikki nafar o‘g‘il tuqqan. Bolalarning otasi Kot D'ivuardan kelgan erkak bo‘lgan. Nensining aytishicha, ota farzandlarini o‘z yurtida o‘qitish bahonasida Kot D'ivuarga olib ketgan. Keyinchalik Nensi bilan butunlay aloqani uzgan.
Manbaning ta’kidlashicha, Kessi “Barselona” rahbariyatidan Parijga borib kelish uchun ruxsat olgani bejiz emas. U Frantsiya poytaxtida oilasi vakillari bilan uchrashib, shaxsiy masalalarni muhokama qilgan.
Xususan, gap Nensi xonimga borib taqalgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar