
Ana xolos: Gvardiola terma jamoani qabul qilib oladigan bo‘lyapti
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning “shaharliklar” bilan imzolagan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
Klub xo‘jayinlari ispaniyalik mutaxassis bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi. Biroq 53 yoshli murabbiy taklifga jo‘yali javob qaytargani yo‘q.
Bu orada Angliya fubol assotsiatsiyasi Gvadiolaga terma jamoani boshqarishni taklif qilyapti.
The Times nashrining yozishicha, mutasaddilar Xosep Gvardiola bilan bog‘lanib, unga maqsadlarini va rejalarini bayon qildi.
Gvardiola 2016 yildan beri “Manchester Siti” bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning qo‘l ostida jamoa o‘zi ishtirok etgan barcha turnirlarda g‘olib chiqqan. Gvardiola davri klub tarixida eng muvaffaqiyatli yillar sifatida qayd etilgan.
Fikrlar