Ana xolos: Gvardiola Rodriga o‘rinbosar topdi, “Oltin to‘p” sohibi ketadimi?

  • 3 oktabr, 17:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning etakchi o‘yinchisi Rodri qariyb bir yil davomida og‘ir jarohatini davolatib, yana jamoa safiga qaytgani “shaharlik” muxlislarga juda manzur bo‘ldi.

Tecno

Biroq “Oltin to‘p” sohibi hali jismoniy tayyorgarligini to‘liq tiklab olgani yo‘q va ayrim vaziyatlarda eski jarohati uni bezovta qilyapti.

Buni inobatga olgan “Manchester Siti” rahbariyati yaqin kelajakda ispan futbolchisining o‘rnini bosa oladigan boshqa ijro topib qo‘ydi.

Caught Offside nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklarning nishonga “Bavariya” tayanch yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich tushdi. Xosep Gvardiola bu futbolchi 29 yoshli Rodriga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonyapti.

Manbaga ko‘ra, manchesterliklar 21 yoshli futbolchini qishki transferlar oynasi davrida qo‘lga kiritmoqchi. Ular Pavlovichni olish uchun myunxenliklar 45-50 million evro taklif qilishga tayyor.

Aleksandr Pavlovichga boshqa ligalar grandlari, xususan, A Seriyadan “Yuventus” va Liga 1 chempioni “Pari Sen-Jermen” ham da’vogarlik qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!