Ana xolos! "Bavariya"da ichki nizo boshlandi, futbolchilar ikkiga bo‘lingan

  • 20 fevral, 2024, 19:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi qoniqarsiz natijalar sabab Bundesliga peshqadami "Bayer"dan ancha orqada qolib ketdi. Shu sababli, klub futbolchilari bosh murabbiydan norozi kayfiyatda. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, hozir Myunxen jamoasida ikkita alohida guruh paydo bo‘lgan. Ulardan biri Tomas Tuxelni qo‘llab-quvvatlovchilar bo‘lsa, ikkinchisi murabbiyning ketishini istayotganlar. 

Birinchi tomonda Manuel Noyer, Rafael Gerreyro, Jamal Musiala, Leroy Sane, Xarri Keyn va Erik Dayer kabi futbolchilar nomi qayd etilgan. Ikkinchi tarafni esa Joshua Kimmix, Leon Goretska, Tomas Myuller, Matteys de Ligt, Matias Tel va Serj Gnabri tashkil etadi. 

Tez orada "Bavariya" rahbariyatida hal qiluvchi yig‘ilish bo‘lib o‘tishi aytilyapti. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!