
Ana xolos! "Barselona" Arturni o‘rinbosarlar jamoasiga o‘tkazdi
"Barselona" rahbariyati braziliyalik xavbek Arturni o‘rinbosarlar tarkibiga o‘tkazdi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar bu orqali uni "Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanichga almashtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin.
23 yoshli Artur “Barselona” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 68 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar