
Ana xolos! “Barsa” yulduzi madridlik raqibga o‘tib ketadigan bo‘ldi
Joriy mavsum yakunlanishi bilan “Barselona”ning eng tajribali futbolchilaridan biri Jordi Alba Kataloniyani tark etishi kutilmoqda.
33 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi kelasi yili yozda yakunlanadi. Biroq, hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha klub tomonidan taklif bo‘lmagani uchun, Alba yozda ketmoqchi.
Todofichajes nashri kataloniyaliklar safini bir necha yildan beri munosib himoya qilib kelayotgan o‘yinsi ashaddiy raqiblardan biri – “Atletiko”ga ko‘chib o‘tishi kutilayotganini yozdi.
Manbaning ta’kidlashicha, madridliklar bu o‘yinchiga yozda shartnoma berishga tayyor. 2012 yildan beri “Barsa”da o‘ynayotgan tajribali futbolchini 5 million evroga xarid qilish mumkin.
Fikrlar