Ana xolos! "Atalanta" bosh murabbiyi bugun iste’foga chiqishi mumkin

  • 9 dekabr, 2020, 22:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini Chempionlar ligasining so‘nggi tur uchrashuvidan so‘ng iste’foga chiqishi mumkin.

Tecno

Sportmediaset nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Bergamo jamoasi tarkibi ikki lagerga bo‘lingan. Aynan shu sababli, 62 yoshli Gasperini iste’fo berishi mumkin.

Italiya OAV tarqatgan xabarga qaraganda, Gasperini o‘tgan tur "Midtyulland"ga (1:1) qarshi o‘yinda "Atalanta" sardori Alexandro Gomes bilan tortishib qolgan va o‘sha o‘yinning birinchi bo‘limidayoq, uning o‘rniga Yosip Ilichichni maydonga tushirgan edi.

Gasperini bugun “Ayaks”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yindan so‘ng, iste’foga chiqqanini e’lon qilishi kutilmoqda.

Jan Pero Gasperini “Atalanta”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning boshqaruvida “Atalanta” o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!