Amorim: "Men raqibning muammolari haqida o‘ylamayman"

  • 14 dekabr, 2024, 19:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Manchester Siti"ga qarshi derbi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis navbatdagi uchrashuv va klublarning holatini baholadi. 
 
"Men hozir "shaxarliklar"ning muammosi haqida o‘ylashga vaqtim yo‘q. Jamoamda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p. To‘g‘ri, Gvardiola boshchiligidagi klub so‘nggi o‘yinlarda muvaffaqiyatga erisha olmayotgandir, ammo ertangi uchrashuv oson bo‘lmasligi aniq. Biz rivojlanayotganimizni sezmoqdaman, navbatdagi bahsda esa o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishni xohlaymiz. Shunday bo‘lsa ham ikki klubga omad tilab qolaman" - dedi portugaliyalik bosh murabbiy. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Angliya Premer-ligasining 16-tur doirasida "qizil iblislar" safarda "Siti" bilan kuch sinashadi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!