
Amorim “Manchester Yunayted”ga deyarli har bir o‘yinda gol uradigan to‘purar olib keladi
Tez orada Ruben Amorim “Manchester Yunayted”dagi faoliyatini boshlaydi. Tabiiyki, har qanday bosh murabbiy kabi portugaliyalik mutaxassis ham ishni tarkibni o‘ziga moslashtirishdan boshlaydi.
Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, Amorim “Manchester Yunayted”ga sobiq jamoasi – “Sporting”dagi shogirdi Viktor Dyokereshni olib kelmoqchi.
Amorim 26 yoshli shvetsiyalik hujumchining muxlisi hisoblanadi. Viktor ham ustozini uyaltirib qo‘yayotgani yo‘q.
Dyokeresh Amorim qo‘l ostida 65 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 59 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 23 ta golli pas uzatgan.
To‘purarga “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Liverpul” va “Chelsi” kabi grand klublar da’vogarlik qilmoqda. Biroq “Yunayted” 70 million evroga baholanayotgan forvardni olish uchun Amorimning xizmatidan foydalanishi mumkin.
Fikrlar