“Inter Mayami” ham Messiga “dahshatli” shartnoma berdi

  • 2 iyun, 2023, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messini o‘z safida ko‘rishni istayotgan klublar maosh masalasida o‘zlarining tarixiy rekordlarini o‘rnatishga urinmoqda.

Tecno

“Al-Hilol” rahbariyati argentinalik jahon chempionini o‘z safiga uch marotaba chorlab, har mavsum uchun 400, 500 va 600 million evro miqdorida maosh taklif qildi. Biroq, Messi ularni qabul qilishga shoshilmayapti.

O‘z navbatida, “Inter Mayami” ham Messini o‘z tarixida eng katta maosh sohibiga aylantirmoqchi.

Sport.es nashrining xabar berishicha, amerikaliklar ham Messiga 200 million evrolik shartnoma bergan. Biroq ular bu summani to‘rt mavsum davomida bo‘lib to‘lamoqchi.

Bundan tashqari, “Inter Mayami” 2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada o‘tishi argentinalik yulduzning tanloviga ijobiy ta’sir qilishiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!