
"Alpomish" nomi bilan mashhur o‘zbekistonlik jangchi yana oktagonga qaytmoqda
Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida tavallud topgan va 8 yoshidan buyon AQShda oilaviy tarzda istiqomat qilib keladigan, o‘zbek o‘g‘loni, MMA jangchisi Murodbek Choriev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
"Alpomish", "Maks" nomi bilan okean ortida istiqomat qilayotgan shahri va jang qilgan promoushenlarida nom qozongan o‘zbekistonlik jangchi 22 yanvar kuni oktagonga ko‘tariladi. U "Knuckled Up Promotion"ning navbatdagi turnirida amerikalik Richard Moad bilan to‘qnash keladi.
Richard Moad faoliyati mobaynida 22 ta g‘alaba va 16 mag‘lubiyat qayd etgan. Murodbek Chorievning rekordi esa, 5 ta g‘alaba va bir mag‘lubiyatdan iborat.
Mazkur jang o‘rta vazn (83.9 kg) toifasida o‘tkaziladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Choriev ushbu jangga qadar yarim o‘rta vazn (77.1 kg) toifasida harakat qilgan.
Shu o‘rinda, ushbu sportchimizga muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar