Alonso yana yangi futbolchilarni jalb qilishni xohlamoqda. Peres ham bunga rozimi?

  • 13 iyul, 13:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘ng transfer bozorida ishni davom ettiradi. Jamoa yarim finalda PSJdan 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgach, bosh murabbiy Xabi Alonso tarkibni kuchaytirish zarurligini tushundi.

Tecno

"Marca" nashrining xabariga ko‘ra, Alonso klub rahbariyatidan yangi futbolchilarni sotib olishni so‘ragan va bu iltimos qondirilgan.

"Qirollik klubi" avval "Benfika"dan Alvaro Karrerasni olib keldi, endi esa yana bir necha yangi transferlar amalga oshirilishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa yana bir markaziy himoyachi va yarim himoyachi olib kelishni maqsad qilgan holda, bir necha futbolchilarni nishonga olgan.

Eslatib o‘tamiz, KO‘JChdan avval "qaymoqranglilar" Trent Aleksandr-Arnold va Din Xausenni ham jamoaga jalb qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!