
Alisson Reynaning rekordini takrorladi
Xabaringiz bor kecha "Liverpul" APLning 36-turi doirasida o‘z maydonida "Xaddersfild"ni qabul qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa mersisaydliklar posboni Alisson Beker mavsumdagi 20-quruq o‘yinini o‘tkazdi. Hozircha u bu borada premer-liga darvozabonlari orasida peshqadamlik qilmoqda.
Bundan tashqari braziliyalik darvozabon “Liverpul” tarixida bir mavsumda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolish bo‘yicha 2005/06 va 2008/09 yilgi mavsumda Pepe Reyna tomonidan o‘rnatilgan rekordni ham takrorladi.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” ayni damda 91 ochko bilan premer-liga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar