Aleksis Sanches: Men juda och edim

  • 13 yanvar, 2022, 11:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter”ning chililik hujumchisi Aleksis Sanches kecha “Yuventus”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Italiya Superkubogi uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Shu kuni o‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga qadar davom etdi va “neradzurrilar”ga g‘alaba keltirgan golni aynan Sanches kiritdi.

Tecno

“O‘sha oqshom men juda och edim. Mening golim - sherning bo‘kirishi. "Inter" to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda. Tarkibda ajoyib o‘yinchilar bor. Biz xuddi shu yo‘nalishda davom etishimiz kerak”, - dedi chililik futbolchi.

Aleksis joriy mavsum “Inter” safida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!