
Aleksis Sanches "Inter"ga o‘tadi
"Manchester Yunated" futbolchisi Aleksis Sanches yaqin vaqt ichida "Inter" a’zosiga aylanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, "Inter" MYu bilan barcha detalalr borasida kelishuvga erishgan va yaqin soatlar ichida Sanches "Inter" futbolchisiga aylanadi.
Chililik futbolchi milanliklar safida 2020 yilning yoziga qadar ijara asosida to‘p suradi. Ijara muddati yakuniga etgach, tomonlar futbolchining sotib olinishi borasida muzokara o‘tkazishadi.
Sanches yaqin vaqt ichida, Milanga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun etib boradi.
Fikrlar