
Aleksis Sanches Frantsiya chempionati grandi bilan shartnoma imzolaydi
"Inter" hujumchisi Aleksis Sanches Milan klubi bilan shartnomani bekor qilishga kelishib oldi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaning xabariga ko‘ra, 33 yoshli chililik futbolchi tez orada "Marsel" bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.
Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda "Inter"ning barcha turnirlar doirasidagi 38 o‘yinda maydonga tushib, 9 gol va 5 golli uzatma muallifiga aylandi.
“Transfermarkt” portali Sanchesning narxini 3,5 million evroga baholagan.
Fikrlar