
Aleksey Oleynik jangi nega Ukrainada ko‘rsatilmadi?
UFC og‘ir vazn toifasidagi Aleksey Oleynik UFC 246 turnirida qatnashib Moris Grinni mag‘lubiyatga uchratgandi.
Ukrainada musobaqani “Setanta Sports “telekanali ko‘rsatdi, ammo "Oleynik ning jangi ko‘rsatilmadi.
"Barcha gap Ukraina hukumatida", dedi " Setanta Sports." vakili.
Oleynik Xarkovda tug‘ilgan va yashagan. 2014 yilda, janglarning birida u Rossiya prezidenti Vladimir Putinning surati tushirilgan futbolkada borgan.
2015 yil sentyabr oyida u Rossiya fuqaroligini oldi. 2015 yil dekabridan boshlab Oleynikka Ukraina hududiga kirish taqiqlangan.
Fikrlar