Aleksandr Xomyakov qur’a haqida: "Kim bilan o‘ynashimizni menga farqi yo‘q"

  • 8 mart, 2023, 00:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Kubogi guruh bahslariga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, “Andijon” “F” guruhida “Olimpik” va “Navbahor” bilan kuch sinashadi. Yana bir jamoa nomi saralash uchrashuvidan keyin ma’lum bo‘ladi.

Tecno

"Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov qur’a haqida shunday dedi:

“Men qur’adan hech nimani kutmadim. Bizga kim bilan o‘ynashning farqi yo‘q. Ha, yaxshi jamoalarga tushdik. Shunga yarasha ajoyib guruh hosil qildik. Muxlislar uchun qiziqarli uchrashuvlar bo‘ladi.

“Navbahor”ga qarshi vodiy derbisiga guvoh bo‘ladilar. Yana qaytaraman: kim bilan o‘ynashimizni menga farqi yo‘q. Biz doimgidek maksimal darajada harakat qilamiz”, - deydi Aleksandr Andreevich.  

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Локо
08/03/2023 13:25
Молодец мужик
&
Bek 56
08/03/2023 06:13
Жуда ту'гри ва маъноли су'з лар. Албатда финални ку'злаган жамоа рак,иб танламайди