
Aleksandr Lukashenkoning jamoadoshida koronavirus aniqlandi
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning havaskor xokkey jamoasida faoliyat olib boradigan Dmitriy Meleshko koronavirusga chalindi. Bu haqda Prezident matbuot kotibasi Natalya Eysmont xabar bermoqda.
"Prezident xokkey jamoasi a’zosi Dmitriy Meleshko pnevmoniya tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. COVID-19 koronavirusi uchun topshirgan testi esa musbat natija qayd etdi. Dmitriy xokkey bo‘yicha havaskorlar chempionati yakunlanganidan bir hafta o‘tib ushbu virus bilan kasallandi.
Aleksandr Lukashenkoning salomatligi? Belarus televideniesi orqali Prezidentning ish kunlariga, xususun, Bobruyskdagi korxonaga qilgan tashrifini ko‘rishingiz mumkin.
Prezident jamoasi uchun qo‘shimcha choralar ko‘rilmagan va qabul qilinmaydi. Ta’tildan so‘ng jamoa mashg‘ulotlarni boshlaydi", - deya matbuot kotibasining so‘zlarini keltirib o‘tdi "RIA Novosti".
Fikrlar