
Aleks Volkanovski: Ilya Topuriya avval buni isbotlashi kerak"
Avstraliyalik Aleksandr Volkanovski "UFC 298" turniridagi raqibi Ilya Topuriya haqida gapirdi.
Volkanovskining aytishicha,Topuriya elit jangchilar safiga qo‘shilish uchun qo‘shimcha kuch sarflashi kerak.
"Ilya bu diviziondagi ko‘plab jangchilarga qarshi jang qildi. Lekin men undan elit darajasidagi harakatlarni hali ko‘rmadim. Balki, Topuriya buni fevral oyida ko‘rsatishni uddalay olar...”, – dedi Volkanovski MMA Fighting nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Volkanovski so‘ngi jangida Islom Maxachevga nokaut bilan mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar