
Aldjameyn Sterling: "Men bu jangga qarshiman"
O‘ta engil vaznda (61 kg) UFC sobiq chempioni Aldjameyn Sterling rossiyalik Umar Nurmagomedov va gruziyalik Merab Dvalishvili o‘rtasida chempionlik jangi tashkil etilishidan norozi.
“To‘g‘risini aytaylik, Merabda bu jangga tayyorgarlik ko‘rish uchun olti hafta vaqt qoldi. Bunga da’vogar sifatida rozi bo‘lish kerakligini tushunaman, lekin chempionga bunday qisqa muddat bergan holda shartlar qo‘yish to‘g‘ri emas. Men bu bahsga qarshiman" - dedi amerikalik Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili va Nurmagomedov o‘rtasidagi jang 19 yanvar kuni Los-Andjelesdagi "UFC 311" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar