
Aldjameyn Sterling: "Figeyredu raqibining boshiga tizza bilan zarba yo‘llab, muddatdan oldin g‘alaba qozonadi"
O‘ta engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aldjameyn Sterling Pyotr Yan va Deyvison Figeyredu o‘rtasidagi bo‘lajak jang uchun o‘z prognozlarini bildirdi.
"Men Pyotr Yanning janglaridan zavqlanaman, agar u men yoki do‘stlarim bilan jang qilmasa. Bo‘lajak bahsda kim g‘alaba qozonsa, titul tomon katta qadam tashlagan bo‘ladi. Menimcha, Figeyredu raqibning boshiga tizza bilan zarba berib, muddatidan oldin zafar quchadi", - deb yozgan Sterling X(sobiq Twitter)da.
Eslatib o‘tamiz, Yan (17-5) va Figeyredu (24-3-1) o‘rtasidagi bahs 23 noyabr kuni Makaodagi (Xitoy) "UFC Fight Night 248" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar