Albatta, shikoyat qilamiz! Braziliya mag‘lubiyatga chidolmayapti

  • 10 sentabr, 13:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti bosh murabbiyligidagi Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining saralash turnirida Boliviya maydonidagi o‘yinda yutqazdi.

Tecno

Mezbonlarga g‘alaba keltirgan golni birinchi bo‘limning oxirida Migel Terseros penaltidan kiritdi.

Braziliya terma jamoasi ijrochi direktori Rodrigo Kaetano bu uchrashuvda ro‘y bergan holatlar yuzasidan KONMEBOL tashkilotiga shikoyat ariza kiritilishini ma’lum qildi.

- Bunaqasini hech qachon ko‘rmaganmiz. Menimcha, KOMNEBOLga shikoyat qilishimiz to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Lekin bundan qanday samara chiqmasliginini ham yaxshi bilamiz. Penaltidan keyin o‘yin tugadi.

To‘g‘risini aytsak, biz shunday bo‘lishini oldindan bilib, tayyorgarlik ham ko‘rgandik.

Boliviya terma jamoasining o‘ziga yarasha sifati bor, biz esa, o‘ziminikini rivojlantirishimiz kerak. Boliviya o‘z maydonida qancha ochko olgan va safar uchrashuvlarda qanday natija ko‘rsatganiga e’tibor bering. Bu erda, ya’ni Boliviyada futbol umuman boshqacha sport turi ekan, - dedi Rodrigo Kaetano.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!