"Alaves" murabbiyi: "Bu yo penalti yoki simulyatsiya uchun ikkinchi sariq kartochka bo‘lishi kerak edi"
"Alaves" bosh murabbiyi Eduardo Koudet Madridning "Real" jamoasiga qarshi o‘yinda bahsli penalti epizodini izohladi.
Uchrashuvning 88-daqiqasida "Real" hujumchisi Vinisius Junior "Alaves" jarima maydonida erga yiqildi. Mehmonlar penalti talab qildi, biroq hakam qoidabuzarlik bo‘lmagani haqida qaror chiqardi.
— Vinisius bilan bog‘liq epizodmi? Hakamning qarorini tushunmadim. Bu yo penalti bo‘lishi kerak edi yoki simulyatsiya uchun ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatilib, maydondan chetlatilishi lozim edi. Nega natijada na biri, na ikkinchisi bo‘lmadi?, — dedi Koudet o‘yindan keyingi intervyusida.
"Real" ushbu uchrashuvda Kilian Mbappe (24-daqiqa) va Rodrigo (76-daqiqa) gollari evaziga g‘alaba qozondi. "Alaves" safida esa 68-daqiqada Karlos Visente hisobni qisqartirgan edi.



Fikrlar