Alamli mag‘lubiyatdan keyin “Yuventus” afsonasi ketadigan bo‘ldi

  • 12 may, 2022, 07:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya kubogining finalida “Inter” ekstra-taymlarda Ivan Perishichning dubli evaziga “Yuvenus”ni 4:2 hisobida engib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Mag‘lubiyatdan so‘ng turinliklarning mashhur o‘yinchisi Jorjo Kellini klubdan ketishini ma’lum qildi.

- Ajoyib 10 yil ortda qoldi. Endi yigitlar boshlangan ishni davom ettirishi kerak. Men qo‘limdan kelganini qiodim va o‘zimdan nimalardir qoldiryapman. Endi qadrdon stadionim bilan xayrlashaman va Florentsiyaga yo‘l olishim mumkin.

Men klubga borimn berdim va endi chetdan turib, “Yuventus”ning eng katta muxlisiga aylanaman. Shuncha yildan keyin klubdagi hayotimni unuta olmayman, - dedi Jorjo Kellini.

Jordo Turin klubiga 2005 yili “Fiorentina”dan 7,7 million evro evaziga transfer qilingan. Shu kunga qadar 559 ta uchrashuvda qatnashib, 36 ta gol va 25 ta assist qayd etdi. Mashhur himoyachi 9 karra Italiya chempioni, 5 martadan mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!