
"Al-Nassr"dan g‘alaba. Jaloliddin Masharipov o‘zini ko‘rsatdi
Bugun Saudiya Arabistoni chempionatida 22-turidan o‘rin olgan "Al-Nassr" - "Abha" bahsi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvda Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" 2:1 hisobida muhim g‘alabaga erishdi. Hamyurtimiz 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan 90+7-daqiqada gollik pasni amalga oshirib, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
“Al Nassr” - "Abha" 2:1
Gollar: Abubakar 37, 90+7 - Matich 70
Fikrlar