"Al-Ittihod" markaziy o‘yinda "An-Nasr"ni mag‘lub etib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

  • 10 mart, 2023, 00:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionatining 20-turidan o‘rin olgan "Al-Ittihod" va "An-Nasr" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Uchrashuvdagi yagona gol 80-daqiqada o‘rildi. Qarshi hujumdan Romarino unumli foydalanib, jamoasiga 3 ochko keltirgan golni urishga muvaffaq bo‘ldi.

Legionerimiz Jaloliddin Masharipov o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlab, 76-daqiqada maydonga tushirildi.

Ma’lumot uchun, "Al-Ittihod" ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 47 taga etkazib, peshqadamga aylandi. "An-Nasr" 46 ochko bilan ikkinchi o‘ringa tushdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!