
"Al Hilol" Messining transferini 6 iyun kuni e’lon qilmoqchi
“Al-Hilol” yaqin orada Lionel Messining transferini yakunlashga umid qilmoqda.
"Diario Sport" nashri xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi hujumchi bilan shartnoma imzolanganini kelasi seshanba, 6 iyun kuni e’lon qilmoqchi. "Al-Hilol" bu sanani futbolchining yakuniy roziligini olish va transferni amalga oshirish uchun kalit sifatida belgilagan.
Futbolchining o‘zi faoliyatini uzoq muddatga davom ettirish qarorini kechiktirishni istamayapti. Bugun u PSJ bilan so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi.
"Barselona" argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, ammo unga hali ham rasmiy taklif bildira olmayapti. Tomonlar o‘rtasida kelishuv hali sodir bo‘lmagan.
2022/23 yilgi mavsumda Messi Liga 1da 31 o‘yin o‘tkazib, 16 gol va 16 golga assistentlik qilgan.
Fikrlar