Akmal Rustamov "Paxtakor"dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
Superliganing 25-turida "Paxtakor" o‘z uyida Qizilqumni qabul qilib, 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Akmal Rustamov mag‘lubiyat haqida gapirdi.
"Paxtako"rga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Birinchi qo‘yilgan penalti va qizil ta’sir ko‘rsatdi. Futbolchilarga esa rahmat. Endi esa Samarqanddagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz".
Nega jamoaning mag‘lubiyatlari ko‘payib ketdi, bu turnir jadvalining pastki o‘rinlaridan yuqorilagani sabab bo‘ldimi?
"Bu asosiy sabab emas. Hozirgi kunda tarkibimizdagi ayrim asosiy futbolchilar jarohatda. Bu ham natijalarga ta’sir ko‘rsatmoqda. Biz mavsumni iloji boricha yuqoriroq o‘rinda yakunlashni istaymiz va harakat qilamiz".
Islom Kenjaboev "Buxoro"ga qarshi uchrashuvda zaxiradan tushdi. Bu haqida ham fikringiz qanday?
"Islom avval operatsiyani boshdan o‘tkazdi. U hali to‘liq tuzalgani yo‘q. Og‘rig‘i hali hamon uni biroz bezovta qilmoqda".

"Paxtakor" ikki golni penaltidan urdi, oldinlari Sanjar Quvattov ko‘proq penaltini qaytarardi, bugungi o‘yini haqida nimalar deysiz?
"Hali penalti berilgan vaziyatlarni ko‘rib chiqmadim. Nazarimda, ikkinchi 11 metrlik jarima zarbasi berilishi kerak emas edi. Shuningdek, "Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. 11 metrlik jarima zarbasi albatta tepayotgan futbolchiga va darvozabonga bog‘liq hech narsani bilib bo‘lmaydi".
Mavsum yakunlanmoqda ba’zi jamoalarda motivatsiya yo‘qolmoqda, jamoaningizda ushbu holat qanday kechmoqda?
"Avval aytganimdek, biz har bir uchrashuvga g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. So‘nggi uchrashuvlarda esa jarohat biroz xalaqit bermoqda".



Fikrlar