AGMK Turkiyada qirg‘iz klubini mag‘lub etdi

  • 11 yanvar, 2018, 12:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Olmaliqning AGMK klubi Turkiyada o‘tayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan  o‘rin olgan ilk nazorat o‘yinini o‘tkazdi.

Tecno

AGMKga Qirg‘izistonning “Dordoy” klubi raqiblik qildi. Klub rasmiy saytida yozilishicha, bu o‘yinda yig‘inda ishtirok etayotgan 24 futbolchi ishtirok etdi. Turli sabablarga ko‘ra Kamoliddin Murzoev, Nizomiddin Ziyovutdinov va ko‘rikdan o‘tayotgan qirg‘izistonlik Anton Zemlyanuxin o‘yinni tomoshabin sifatida kuzatdi.

Qiziqarli o‘tgan bahsda AGMK 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Olmaliqliklarning ikki goliga Javlon Guseynov va Abdumalik Abdullaev mualliflik qildi. Uchrashuvni turkiyalik hakamlar guruhi boshqarib borishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!