AGMK (Olmaliq) 2 ta legioner va 6 nafar mahalliy futbolchilar bilan shartnoma imzoladi

  • 17 yanvar, 2018, 11:51
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antaliyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazayotgan AGMK tarkibida bir qator yangi futbolchilar ishtirok etishmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Tecno

2017 yilgi mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan bir qator futbolchilar shartnomalar uzaytirilmaganligini avvalroq xabar bergan edik. Tarkibdagi bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida boshqa o‘yinchilar jamoaga taklif etildi. Ayni damda AGMK safida mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan Javlon Guseynov (So‘g‘diyona), Saydullo Rahmatov (Nasaf), Ibrohim No‘monov, Muzaffar Muzaffarov (ikkalasi - Neftchi), Otabek Zokirov (Qizilqum), Abdumalik Abdullaev (Dinamo) 2018 yilgi mavsumni Olmaliqda o‘tkazishi aniq bo‘lgan. Shuningdek, ikki nafar serbiyalik futbolchi Vladimir Bubanya (Zemun, Serbiya) va Yovan Jokich (Atirau, Qozog‘iston) bilan ham shartnoma imzolandi.

Jamoaning o‘tgan yilgi a’zolari bilan ham shartnomalar uzaytirilganligini ta’kidlash lozim.

Jamoa tarkibi shakllantirish davom etmoqda. Hozirda Qirg‘iziston terma jamoasi a’zosi Anton Zemlyanuxin ko‘rikda. Uning jamoada qolish yoki qolmasligi yaqin kunlarda aniq bo‘ladi.

Bugun bo‘lib o‘tadigan mashg‘ulotda xorijlik futbolchilar kelib qo‘shili kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!