
AGMK legioneri jamoani tark etdi
AGMK yarim himoyachisi Alisher Jalilov faoliyatini boshqa klub tarkibida davom ettiradi.
Tojikistonlik futbolchi bu haqda "Instagram"dagi sahifasi orqali xabar berdi. "Xayrlashish vaqti keldi. Jamoa rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa, menga doim yordam berib kelgan klub direktori Bahodir Mirzaevga. Meni qo‘llab-quvvatlagan AGMK muxlislariga ham rahmat aytaman. Jamoaga keyingi o‘yinlarda omad tilayman!" - dedi Jalilov.
Ma’lumot uchun, Alisher o‘tgan mavsum olmaliqliklar tarkibida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol va 3 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar