Agentlar “Chelsi”ga zarba berdi

  • 2 dekabr, 2021, 17:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning iste’dodli himoyachi Andreas Kristensen bilan yangi shartnomasi agentlar tufayli imzolanmay qoldi.

Tecno

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, daniyalik himoyachi klub bilan yangi shartnoma imzolashga roziligi bildirgan va tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgan. Biroq, buni rasmiylashtirish agentlar tomonidan to‘xtatib qo‘yildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchining agentlari Kristensenga “Barselona”dan qiziqish bo‘layotganidan xabar topganidan keyin “Chelsi” bilan shartnoma imzolash muddatini ortga surib yuborgan.

Biroq, Kristensenning o‘zi klub direktorlar kengashiga “aristokratlar” safida qolishni istayotganini va yangi shartnomaga rozi ekanini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!