Afsonaviy Serena Uilyams tennisdan ketayotganini ma’lum qildi

  • 10 avgust, 2022, 16:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Jahon tasnif jadvalining sobiq va ko‘p yillik karvonboshisi Serena Uilyams katta tennisdagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

Tecno

O‘z yurtida o‘tkaziladigan "US Open" uning uchun so‘nggisi bo‘ladi. "Katta dubulg‘a" turkumidagi turnirlarning 23 karra g‘olibasi bu qarorini jurnaldagi maqolasi orqali bildirgan. Sabab sifatida ikkinchi bor ona bo‘lmoqchiligi ko‘rsatilgan.

40 yoshli Serena katta tennisga 1995 yilda kirib kelgan va shu vaqt ichida yakkalik bahslarida 855 g‘alaba va 152 mag‘lubiyat qayd etgan.

"Ulkan toj" turnirlaridagi chempionlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda borayotgan Uilyams "Australian Open"da 7 (2003, 2005, 2007, 2009, 2010, 2015, 2017), "Roland Garros"da 3 bor (2002, 2013, 2015), "Wimbledon"da 7 (2002, 2003, 2009, 2010, 2012, 2015, 2016) hamda "US Open"da 5 (1999, 2002, 2008, 2012—2014) bor zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!