Adrian: "Sautgempton"ga qarshi bahsda ishtirok etishimdan umid qilaman"

  • 17 avgust, 2019, 04:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi darvozaboni Adrian Kastilo APLning ilk turida "Sautgempton"ga qarshi bellashuvda maydonga tushishdan umidvor.

Tecno

Jarohati haqida

"Muxlislardan biri menga jarohat etkazgan vaziyat, bu g‘alati holat edi. Chunki, biz g‘alabani nishonlayotgan edik, Odamlar orasidan bir yigit sakrab kelib, jarohat etkazdi va yugurib ketdi."

Bugun, men o‘zimni yaxshi his etyapman. Ertaga, barchasi joyiga tushib ketishiga umid qilaman.

"Sautgempton"ga qarshi o‘ynashi mumkinligi haqida

"Ha, menimcha o‘ynashim uchun imkoniyat bor. Psixologik tomondan o‘zimni tayyorligimni his etyapman. Ertaga o‘ynash uchun yuqori kayfiyatda bo‘laman," - dedi Adrian.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!