Adhamjon Muhiddinov: "Burnim sindi, lekin maqsad yo‘lida bu to‘siq bo‘lmaydi"

  • 7 fevral, 2024, 17:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni vaqtda Bolgariyaning Sofiya shahrida “Strandja” turniri davom etmoqda. -63,5 kg vazn toifasida  yosh iqtidor egasi Adhamjon Muhiddinov yurtimiz sharafini himoya qilmoqda va muvaffaqiyatli odimlamlayotganligini ham aytib o‘tishimiz joiz. Biz Athamjon bilan bog‘lanib, u bilan qisqacha suhbatda bo‘ldik.

Tecno

- Adhamjon "Stranja" turniri haqida qanday fikrdasiz?

- Assalomu alaykum. “Strandja” barchaga ma’lumki, kichik jahon chempionati deb ham nomlanadi. Ko‘p davlatlar kuchli tarkib bilan ishtirok etadi. Shuning uchun bu erda oson janglar bo‘lmaydi. O‘zingizni nimalarga qodir ekanligingizni bilib olasiz va o‘ziga xos tajriba ham beradi. Qisqa qilib aytganda anchagina nufuzli turnir hisoblanadi.

- Jismoniy holatingiz borasida nima deya olasiz? Ideal "forma"damisiz?

- Jismoniy holatim Allohga shukur alo darajada. O‘ylaymanki, bu o‘zining natijasini beradi.

- Kechagi jangingizda 1-raunddan so‘ng burningiz sinibdi. Keyingi jangda ishtirok eta olasizmi

- Ha, kecha Irlandiya vakili bilan o‘tkazgan birinchi jangimning birinchi raundida bosh to‘qnashib, jarohat oldim. Lekin bu maqsad yo‘lida to‘sqin bo‘la olmaydi. Keyingi jangim 9 fevral kuni bo‘ladi. Ungacha terma jamoa doktori Dilshod aka yordamida tiklanib olaman.

- 63,5 kg vazn baribir siz uchun yangi toifa... Garchi, mamlakat chempionatida shu vaznda harakat qilgan bo‘lsangiz ham. Aytingchi, o‘zingizni qulay xis qilyapsizmi bu vaznda va vaznni ko‘tarishingizga sabab nima bo‘ldi?

- 63,5 kgda o‘zimni yaxshi his qilyapman, bu vaznga o‘tishim avvalo, Olimpiadadan o‘rin olgani va  jismoniy taraflama o‘zimni yaxshi his qilayotganligim sababli bo‘ldi. Shuningdek, ortiqcha vazn tashlamasligim tufayli ham bu vazn men uchun qulay.

- “Stranja" turnirida siz uchun jiddiy raqiblar sifatida kimlarni ko‘ryapsiz

- Raqiblarimizning hammasini o‘ziga hos kuchli taraflari bor. U kuchli yoki bu kuchli deya olmiman. Nazarimda kimning hohishi yuqori bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi.

- 63,5 kgda baribir O‘zbekiston miqiyosida ham jiddiy raqobat mavjud. Bu sizga motivatsiya beradimi?

- Albatta, raqobat kuchli va tajribali bokschilar bor. Ruslan Abdullaev, Mujibillo Tursunovlarni aytib o‘tishimiz mumkin. Shubhasiz, motivatsiya beradi. Kuchli raqobat bor joyda inson yuksaladi. Tajriba va shijoat oshadi.

- Adhamjon vaqt ajratganingiz uchun rahmat va keyingi janglaringizda ham omad yor bo‘lsin!

- Rahmat. Qo‘llab-quvatlab, duoda bo‘lsanglar turnir g‘olibi bo‘lishga astoydil harakat qilaman.

Adhamjon2_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!