“ACA 173” turnirida ikki o‘zbek o‘g‘loni jang qiladi!

  • 25 mart, 2024, 13:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

29  mart kuni Minsk shahrida “ACA 173” turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang kechasida o‘zbekistonlik ikki nafar sportchi ham oktagonga ko‘tariladi.  Jumladan, “Nursulton Team” klubi vakili Otabek Toxirov(9-3) mezbon Belarus vakili Vladislav Mishkevichga(10-4) qarshi  yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasida jang qiladi. Toxirov shu kunga qadar engil vazn (70,3 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazardi. O‘ta engil vazn (61,2 kg) toifasidagi vakilimiz Xolmurod Nurmatov (9-7-1) esa armanistonlik Mixitar Barsegyan (6-3) bilan to‘qnash keladi.
Har ikki yurtdoshimizga muhim jangda omad tilaymiz!

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!