"Abduholiqov darvoza oldida o‘ta xavfli, "Andijon"ni doim kuzatib bordim" - Belarus chempionini yana Superligaga qaytish rejasi bormi?

  • 23 dekabr, 2022, 00:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu yil Belarus chempionatida Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Ushbu jamoa safida yarim himoyachi Pavel Zabelin ham bo‘lib, u klubining g‘alabasida katta hissa qo‘shdi.

Tecno

Ma’lumot o‘rnida aytmoqchimizki, Zabelin o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida “Andijon” jamoasida to‘p surgan va o‘zidan yaxshi taassurot qoldirgandi. Sports.uz jurnalisti Pavel bilan bog‘landi.

- Pavel, sizni Belarus chempionligi qo‘lga kiritilgani bilan tabriklamoqchiman. Bunday muvaffaqiyatni kutganmidingiz?

- Tabrigingiz uchun rahmat. “Shaxtyor”ning har doim oltin medal uchun kurashishi e’tiborga olingan holda shunday bo‘lishini kutgan bo‘lishim mumkin. Ammo bu yil intriga to oxirgi turga qadar saqlanib qoldi. Hammasi biz uchun yaxshi tugagani ayni muddao bo‘ldi.

pavel3

- Bobur Abduholiqov Belarus chempionatida mashhur bo‘lib ketdi. U siz ko‘rgan hujumchilar ichida eng xavflisimi?

- Bizga qarshi o‘yinda u o‘zini eng yaxshi jihatlarini namoyish eta olmadi. Ammo u chempionatning eng yaxshi to‘purari. Demak, shak-shubhasiz Abduholiqov yaxshi hujumchi va darvoza oldida o‘ta xavfli.

- Siz uchun ham Bobur Abduholiqov Belarus chempionatidagi eng yaxshi legionermi?

- O‘ylaymanki, joriy yilda u eng yaxshi legioner, mening nazarimda. To‘p surayotgan klubining ikkinchi o‘rinni olishida ham uning xizmati katta bo‘ldi.

pavel5

- “Andijon” klubida o‘tkazgan faoliyatingizdan qanday taassurotlar qolgan? Eslab turasizmi?

- “Andijon”da o‘tkazgan davrim men uchun qiziqarli tajriba bo‘ldi. U erda futbolni chin dildan yaxshi ko‘radigan ko‘plab futbolni sevadigan insonlar bor. Bizda yosh ijrochilardan iborat klub bor edi. Birgalikda ko‘p vaqtni o‘tkazsak hammasi iziga tushib ketishi mumkinligiga umid qilardik.

- Sobiq jamoangiz – “Andijon”ning bu yilgi natijalarini kuzatib bordingizmi?

- Ha, “Andijon”ning ikkita o‘yinini tomosha qilishga muvaffaq bo‘ldim. Klubning qanday natijalar qayd etayotganini doim kuzatib bordim. “Andijon”ning vazifani bajargan holda Superligaga qaytganidan juda ham xursandman.

pavel2

- Yana O‘zbekiston chempionatiga qaytish niyatingiz bormi? Bu borada oldingizda takliflar mavjudmi?

- O‘zbekiston borasida biror taxmin ayta olmasam kerak. Lekin faoliyatimni yana yurtingizda davom ettirish imkoniyati men uchun tom ma’noda qiziqarli kechgan bo‘lardi. Ammo hozirda “Shaxtyor” bilan tuzgan shartnomam bor. Shartnomam tugayversin-chi, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz.

- Chempion bo‘lganingizdan so‘ng transfer narxim ancha ko‘tarildi, deb o‘ylaysizmi?

- Aslida bu haqida o‘ylamayapman. Maqsadim futbol o‘ynash va to‘p surayotgan klubimga foyda keltirishdan iborat. Boshqa narsalar haqida sayt xodimlari shug‘ullanishsin, yozishaversin.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!