Abbosni Evropada kutishyaptimi? Mashhur agent Husanov va Fayzullaevning farqini aytdi!

  • 9 mart, 04:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2025 yilni Evropadagi futbolchilari ajoyib natijalar bilan boshladi. Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning, Eldor Shomurodovning “Roma”ning fevral oyidagi eng zo‘r o‘yinchisi bo‘ldi.

Tecno

O‘zbekiston milliy terma jamoasining bu ikki yulduzining kuchli beshlik ligalarida porlayotgani qolgan futbolchilarimizga, xususan Abbosbek Fayzullaevning Evropaga ketishiga yo‘l ochadimi?

Mashhur futbol agenti Dmitriy Selyuk TsSKAda ikkinchi mavsumini o‘tkazayotgan Abbosbek Fayzullaevning o‘ziga xos xususiyatlari va “top-ligalar”ga ketish imkoniti haqida fikr bildirdi.

Sports.uz portali ushbu intervyuni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

– Husanov va Shomurodovning muvaffaqiyatlari ortidan TsSKA Abbosbek Fayzullaevni Evropaga  katta summaga  transfer qila oladimi?

Aslida futbolchilarni millatiga qarab emas, muayyan sifatlar va mahoratiga qarab transfer qilishadi. Fayzullaev yaxshi o‘yinchin, bunga hech qanday shubha yo‘q. Lekin uning jismoniy ko‘rsatkichlari kamlik qiladi. Shunga qaramay, unga o‘xshagan o‘yinchilar Ispaniyada juda ko‘p.

Biroq Husanov va Shomurodov ajralib turadi. Nimaning evaziga? Misol uchun Abduqodirning bo‘yicha 190 santimetrga yaqin va o‘ta tezkor. Fayzullaevning esa, unga nisbatan texnikasi kuchli, ammo jismoniy ko‘rsatikichlari pastroq. O‘unga qaramay, har qanday futbolchining xaridori bo‘ladi.  

Bugun atletik futbol ustun. O‘sha texnikasi zo‘r braziliyaliklar ham jahon chempionatlaridan erta chiqib ketyapti. Faqat texnikaga tayanib, uzoqqa borib bo‘lmaydi. Hozir jismoniy ko‘rsatkichlar muhimroq.

Arsen Zaxaryanning “Chelsi” o‘tishi muhokama qilingandi. Qanaqa “Chelsi”? u San-Sebastyan jamoasida ham jarohatdan boshi chiqmayapti. Angliya futboli oldida ispanlarniki balet-ku.

Men Rossiya futbol uyushmasi milliy chempionat manfaatlariga xizmat qiladigan moliyaviy feyr-pley joriy qilishini istardim. Misol uchun “Spartak” Livay Garsiyaga 20 million evro sarflayapti, boshqa klublarning yillik byudjeti 10 million evroni tashkil qiladi.

– Lekin TsSKA Fayzullaevni 500 ming evroga olgan-ku...

– Yo‘q, bu transfer bo‘yicha hammasi joyida. Abbos yaxshi va sifatli futbolchi. Lekin TsSKA bosh murabbiyi Marko Nikolichning o‘yin sxemasini o‘zgartirishidan keyin  Fayzullaev o‘z pozitsiyasini yo‘qotyapti.

Bosh murabbiy o‘zi joriy qilayotgan “romb” uslubini Miralem Pyanichga moslayapti, uning yoshiga e’tibor bermasdan, muntazam o‘ynashiga sharoit yaratmoqda. Bu qanday samara berishini hozirdan baholab bo‘lmaydi. Bir nechta uchrashuvdan keyin hammasi ayon bo‘ladi.

– Siz Markaziy Osiyo futbol bozorini qanday baholaysiz? U erda yaxshi o‘yinchilar ko‘pmi?

– Men hozir tojik futboliga ro‘baro‘ keldim. Chunki u erda Cherevchenko murabbiy bo‘lib ishlayapti. Uning qo‘l sotida mening o‘yinchilarim bor. U erlarda ham yaxshi yigitlar ko‘p.

Osiyodan juda sifatli futbolchilarni topish imkoni bor. Chunki ular o‘z mentalitetidan kelib chiqib, juda mehnatkash bo‘ladi.

O‘zbekiston jamoalar juda yaxshi o‘ynaydi. U erlardan qidirgan istaganini topa oladi.

 Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev 2023 yilning yozida “Paxtakor”dan TsSKA ko‘chib o‘tgan edi. Rossiya Premer-ligasida o‘z mahoratini namoyish eta olgan hujumkor futbolchimizga “Parma”, “Bavariya”,”Monako”, “Real Sosedad” kabi jamoalardan qiziqish bo‘lgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Biroq, 21 yoshli futbolchimizning hali “top-ligalar”ga yo‘li ochilgani yo‘q.

Futbol afsonasi Husanovga qanday baho berdi?

Gvardiola Husanovning o‘yiniga qanday munosabat bildirdi?

“Hammasi barbod bo‘lgan paytda Shomurodov paydo bo‘ldi!”

Angliyalik ekspertlar Husanovning o‘yinini qanday baholadi?

Shomurodovga – bir umrlik shartnoma!

Husanovga fanatlar yana qanday laqab berishdi?

Italiyalik muxlis: O‘g‘il ko‘rsam, ismini Eldor qo‘yaman!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bek
09/03/2025 12:40
Эй гандонла езвоткан темени хатосиз ез чмола санлада редактор йукми уродла чемпионат асиядан урганларин сифатли ишлашни хар битта постни тагида камида 10та коммент бор санлада кутагни калласини куйворгилари келади одамни