
A Seriya to‘purari "Yuventus"ga qarshi o‘ynamasligi mumkin. Sababi...
A Ceriya to‘purari, “Latsio” hujumchisi Xiro Immobile “Yuventus”ga qarshi Italiya chempionatining 37-turi doirasidagi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin, deb xabar bermoqda Sport Mediaset.
Manbaning yozishicha, 32 yoshli hujumchi 36-tur doirasidagi "Sampdoriya"ga qarshi o‘yinda (2:0) o‘ng to‘pig‘idan jarohat olgan. U o‘yinni oxirigacha yakunlashga muvaffaq bo‘ldi, ammo keyin oyog‘i shishib, og‘riq to‘xtamadi.
Shu tariqa, Immobile 16 may kuni bo‘lib o‘tadigan “Yuventus”ga qarshi Seriyaning 37-tur o‘yinida maydonga tushmaslik xavfi ostida turibdi.
Joriy mavsumda Immobile A Seriyada jami 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar