A Seriya. "Napoli" kichik hisobda "Krotone"dan ustun keldi

  • 30 dekabr, 2017, 08:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Italiya A Seriyasi 19-turida start berildi.  Turning ilk o‘yinida turnir etakchisi "Napoli" safarda "Krotone" bilan o‘zaro bahs olib bordi. 

Anchagina qiziqarli kechgan o‘yin taqdirini bitta gol hal qildi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Marek Gamshik tomonidan kiritilgan gol neapolliklarga 3 ochko keltirdi. 

Krotone – Napoli 0:1

Gol: 0:1 – 17 Gamshik.

Ogohlantirishlar: Jorjino (30), Chekkerini (39), Albiol (51)

Krotone: Kordats - Simich, Martella, Faraoni (Romero 81), Chekkerini - Roden, Barberis (Krochata 73), Mandragora, Stoyan - Trotta, Budimir.

Napoli: Reyna - Albiol, Xyusay, Madjo, Kulibali - Gamshik, Jorjino (Diavara 77), Kalexon, Allan, Insine (Zelinski 67) - Mertens (Rog 89).

Quyida 19-turning qolgan o‘yinlari anonsi bilan tanishing: 

Fiorentina – Milan
Atalanta – Kalyari
Benevento – Kevo
Bolonya – Udineze
Roma – Sassuolo
Sampdoriya – SPAL
Torino – Jenoa
Inter – Latsio
Verona – Yuventus

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!